28 jan 11:59
Yangiliklar
Futbol

Roberto Karlos Toshkentda FOTO
Jahon futbol yulduzi Roberto Karlos Toshkentga etib keldi, deya xabar beryapti O'FA matbuot xizmati.
Roberto Karlos bugun turli tadbirlarda ishtirok etadi. Birozdan so'ng yosh futbolchilar uchun O'FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu erning o'zida faxriy futbolchilar ishtirokida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2ta bo'lim davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to'p suradi.
Soat 15:00da Roberto Karlos A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u erdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg'alar taqdim qiladi. Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qo'mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar