28 jan 17:09
Yangiliklar

Rojer Federer 96-sovrini, 4 mln dollar hamda 2000 ochkoga ega bo'ldi
Bugun 36 yoshli Federer “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi o'zining 20-tituliga ega chiqdi. Umumiy qo'lga kiritgan sovrinlari esa 96taga etdi.
Avstraliya Ochiq chempionatidagi ikki haftalik muvaffaqiyatli ishtirok Rojerga 4 million AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli hamda roppa-rosa 2000 reyting ochkosini taqdim etdi.
SHveycariyalik tennischi faoliyatida davomida 8 marta
Uimbldon, 6 marotaba Australian Open, 5 bor US Open hamda bir marta Rolan
Garros turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan.
Rojer “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarda eng ko'p bosh sovrinni qo'lga kiritgan tennischi hisoblanadi. Uning hisobida 20ta titul bor. Ikkinchi o'rindagi Rafael Nadal 16, afsonaviy Pit Samprasda 14ta titul bor.
Fikrlar