28 iyu 15:30
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer: "Hozir men "Uimbldon"daman va o'zimda imkoniyat borligini his qilyapman"
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer "Uimbldon" oldidan holati haqida gapirdi.
"Galledagi Feliks Ojedan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng menga psixologik jihatdan qiyin edi. Keyin hamma narsa pastga tushganday tuyuldi. Bunday holat menda o'spirinligimda bo'lgan.
Endi men "Uimbldon"daman va o'zimda imkoniyat borligini his qilyapman. Ikkinchi haftada chiqish uchun faqat ritmni ushlab turishim kerak. Hozir bu mening asosiy maqsadim. Men har bir o'yinda kuchayib boraman. Hozir o'zimni psixologik jihatdan kuchli his qilyapman.
Juda yaxshi yoki juda yomon natija yozdagi bo'lajak chiqishlarimga tasir qiladi. Men Olimpiadada va boshqa turnirlarda o'ynashni xohlayman", - deya Federerning so'zlarini keltirmoqda "Uimbldon" matbuot xizmati.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar