30 may 09:25
Yangiliklar
Tennis

“Rolan Garros”. Bugun 14:00. Istomin - Eskobedo uchrashuvi
Franciya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Yilning to'rtta nufuzli musobaqasining birida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk bosqichda AQSH vakili Ernesto Eskobedoga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 80, Eskobedo esa 75-o'rinni egallab turibdi. Agar Istomin bu uchrashuvda g'alaba qozonsa, ikkinchi davrada Sem Kuerri - Xyong CHang juftligi g'olibiga qarshi bahs yuritadi.
Malumot uchun, Istomin - Eskobedo uchrashuvir bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar