So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

04 iyu 07:21
Yangiliklar

Tennis

“Rolan Garros”. Hamyurtimiz asosiy to'r bahsida ham g'alabaga erishdi

Franciya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining o'smirlar (U-18) o'rtasidagi asosiy to'r bahslari boshlandi.

Xabar berganimizdek, ushbu nufuzli musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham ishtirok etyapti. Fomin musobaqadagi ishtirokini saralash bahslaridan boshladi. U avvaliga yaponiyalik Taisei Ichikavani 3 soatu 7 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6/7(4-7), 7/6(7-0), 7/6(7-4) hisobida mag'lub etdi. Keyin esa franciyalik Maksens Bejdan ustun keldi. 

Kecha o'zbekistonlik tennischi asosiy to'rning ilk uchrashuvida chexiyalik Ondrey Stilerga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 55 daqiqa davom etgan bahsda 17 yoshli Fomin 18 yoshli raqibini 6/2, 3/6, 6/4 xisobida engdi. Endi Sergey ikkinchi davrada amerikalik Tristan Boerga qarshi bahs olib boradi. 

Taqqoslash uchun, Fomin o'smirlar (U-18) reytingida 57, Stiler 59, AQSH vakili hisoblangan Boer esa 9-o'rinni egallab turibdi. Fomin - Boer uchrashuvi ertaga, 5 iyun kuni o'tkaziladi. 

SHuningdek, bugun hamyurtimiz juftlik baxslarida xam kurashga kirishadi. Xitoylik Tao Mu bilan juftlik hosil qilgan Fomin argentinalik Dias/Tirante juftligiga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing