02 iyu 20:33
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros". Juftliklar. Denis Istomin ikkinchi bosqichdagi o'yinini o'tkazdi
Tennischimiz Denis Istomin "Rolan Garros"da juftlik bahslaridagi o'yinini o'tkazdi.
Filippinlik Tret Xyui bilan juftlik hosil qilgan hamyurtimiz ilk o'yinda Xase/Inglot juftligiga qarshi kortga chiqib 7:6, 3:6, 6:3 hisoblarida g'alaba qozongan edilar.
Ularning bugungi raqibi turnirda 9-raqam ostida saralangan Bopanna/Kuevas juftligiga qarshi o'yin o'tkazdilar.
2 soat 18 daqiqa davom etgan bahsda sportchimiz harakat qilgan juftlik 7:5, 6:7, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa Istomin uchun bu yilgi "qumli mavsum" nihoyasiga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar