02 iyu 09:28
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros". Rublyov - CHilich uchrashuvi g'olibi tay-breykda aniqlandi
Franciyada davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirida 1/2 final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov besh set davom etgan chorak final uchrashuvida ATP reytingida 23-o'rinni egallab turgan xorvatiyalik Marin CHilichga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 7/5, 3/6, 4/6, 6/3, 6/7(2).
To'rt soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda Andrey 15 ta, CHilich esa 33 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Rublyov hamon oldinda bormoqda - 4:3.
Etiborlisi shundaki, Rublyov "Katta Dubulg'a" turnirlarining chorak finaliga besh marotaba etib kelgan bo'lsa, barchasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar