31 may 09:05
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Sensaciya yuz bermadi, Marreyda g'alaba
Franciyada bo'lib o'tayotgan nufuzli "Rolan Garros" turnirida dunyoning birinchi raqamli raketkasi Endi Marrey yurishini boshladi.
Britaniyalik tennischi ilk davrada rossiyalik Andrey Kuznecovga qarshi kortga chiqdi. Ushbu o'yin oldidan rus OAVda Kuznecov Marreyni mag'lubiyatga uchratib, sensaciya qayd etishi haqida xabarlar ko'payib ketgandi. Biroq, yakunda bunday bo'lmadi. 2 soat 32 daqiqa davom etgan bahsda britaniyalik tennischi 6:4, 4:6, 6:2, 6:0 hisoblarida g'alaba qozoonib, ikkinchi davraga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Endi u navbatdai o'yinini slovakiyalik Martin Klijanga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar