09 iyu 09:32
Yangiliklar
![](/upload/storage/14031_220.jpg)
Rolan Garros (WTA): Xalep va Ostapenko finalda!
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqaning yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari o'tkazilib, bosh mukofot uchun kortga chiqadigan raketka ustalari nomi malum bo'ldi.
Har ikki yarim final bahsi ham kutilmagan natija bilan yakunlandi. Turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan chexiyalik Karolina Plishkova ruminiyalik Simona Xalepga 4:6, 6:3, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Musobaqa kashfiyotiga aylangan latviyalik Elena Ostapenko esa shveycariyalik Timea Bachinskidan 7:6(4), 3:6, 6:3 hisobida ustun keldi. Ostapenko “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning yarim finalida o'ynagan ilk latviyalik tennischiga ham aylandi.
1/2 final:
Elena Ostapenko (Latviya) – Timea Bachinski (SHveycariya, 30) – 7:6 (4), 3:6, 6:3
Simona Xalep (Ruminiya, 3) – Karolina Plishkova (CHexiya, 2) – 6:4, 3:6, 6:3
Fikrlar