28 may 15:08
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros". Xachanov 11-raketkani mag'lub etdi
Dunyoning 25-raketkasi bo'lib turgan Karen Xachanov Franciya Ochiq chempionatining uchinchi davrasida kortga chiqdi.
Rossiyalik tennischi ATP reytingida 11-o'rinda borayotgan britaniyalik Kemeron Norrini 3 soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda 6/2, 7/5, 5/7, 6/4 hisobida mag'lub etishni uddaladi.
Karen ushbu vaqt oralig'ida 7 ta eys, 8 ta breykni amalga oshirib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Kemeron esa 8 ta eys, 5 ta breyk-poynt va 4 ta qo'shxato qayd etdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 3:3. Endi Xachanov ispaniyalik Karlos Alkarazga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar