06 iyu 10:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/13873_220.jpg)
“Rolan Garros”. Xotin-qiz tennischilar turnirida ham 1/4 finalchilar malum
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Musobaqaning xotin-qiz tennischilar turnirida ham chorak finalning barcha ishtirokchilari malum bo'ldi. So'nggi bo'lib bu imtiyozga Karolina Plishkova ega chiqdi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan chexiyalik tennischi paragvaylik Veronika Sepede-Roygni 2:6, 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
1/4 final juftliklari:
Elena Ostapenko (Latviya) – Karolina Voznyacki (Daniya, 11)
Kristina Mladenovich (Franciya, 13) – Timya Bachinski (SHveycariya, 30)
Elina Svitolina (Ukraina, 5) – Simona Xalep (Ruminiya, 3)
Karolin Garsiya (Franciya, 28) – Karolina Plishkova (CHexiya, 2)
Havola :
Fikrlar