29 may 19:46
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros". Yannik Sinner 1/8 finalda
Dunyoning 12-raketkasi Yannik Sinner Franciya Ochiq chempionatining nimchorak final ishtirokchisiga aylandi.
Italiyalik tennischi uchinchi bosqich uchrashuvida ATP reytingida 60-pog'onasini band etgan amerikalik Makkenzi Makdonaldni 6/3, 7/6(6), 6/3 hisobida engdi. Ushbu bahs 2 soatu 50 daqiqa davom etgan.
Yannik 4 ta eys, 3 ta breyk-poynt, 2 ta qo'shxato qayd etdi. Makkenzi esa 3 ta eys, 1 ta breykni amalga oshirib, 2 bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi.
Qizig'i, Sinner ikkinchi setni 2/5 hisobida yutqaza turib, 11 ta setbolni bartaraf eta oldi. Endi Yannik 1/8 finalda rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar