13 iyu 07:31
Yangiliklar
Uimbldon-2026. Erkaklar o'rtasidagi turnirda chempion aniqlandi
Hal qiluvchi final bahsda sayyoramizning birinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi chempioni, italiyalik Yannik Sinner ATP reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi. Uch soatu 48 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sinner kambek amalga oshirdi - 6/7 (7), 7/6 (2), 6/3, 6/4.
Bu bilan Yannik chempionlik unvonini himoya qilish barobarida tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini yanada yiriklashtirib qo'ydi - 11:4. Bahs davomida Sinner 15, Zverev esa 17 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik italiyalik tomonida bo'ldi - 2 ga 1.
Ikki haftalik mehnat Yannikka 4 mln 825 ming dollar mukofot puli keltirdi. Vice-chempion Aleksandr Zverev esa 2 mln 412 ming dollar ishlab oldi.
Malumot uchun, Yannik Sinner o'tgan yilgi finalda ispaniyalik Karlos Alkarasni mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu yilgi turnirda Alkaras sog'lig'idagi muammolar sabab ishtirok etmadi.

Fikrlar