24 may 11:26
Yangiliklar
"Rolan Garros"ning amaldagi chempioni turnirni ilk davradayoq tark etdi
Sayyoramizning ikkinchi raketkasi Barbora Kreychikova turnirning birinchi davrasida WTA reytingida 97-o'rinni egallab turgan mezbonlar vakilasi Diana Parriga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan uchrashuvda turnirning amaldagi chempioni Barbora Kreychikova raqibasiga 6/1, 2/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqani tark etdi.
SHu tariqa, chexiyalik tennischi birinchi davrada chempionlikni himoya qilolmay turnirni tark etgan uchinchi "Rolan Garros" chempioniga aylandi. Undan avval Anastasiya Miskina (2005) va Elena Ostapenko (2018) ham shunday natijani ko'rsatishgan edi.
Malumot uchun, bu yil chexiyalik sportchi jarohat tufayli barcha grunt turnirlarni o'tkazib yubordi. Endi Kreychikova birinchi bosqichdagi mag'lubiyat tufayli kuchli o'ntalikdan chiqib ketadi va kamida 12-o'ringa joylashadi.
Fikrlar