03 avg 08:57
Yangiliklar
Futbol

"Roma" bosh menejeri SHomurodov haqida: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega"
"Roma" bosh menejeri Tyagu Pintu jamoaning yangi hujumchisi Eldor SHomurodov haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Eldor - kelajakda rivojlanish uchun katta salohiyatga ega hujumchi. U o'zi yaxshi biladigan ligada va "Roma"da o'zini ko'rsatishni juda ham xohlamoqda.
"Istaklari bilan bir qatorda, uning o'yinchi borasidagi sifatlari ham murabbiyimiz [Mourinyu] xohlagan uslubga mos keladi va shu sabab biz uni klubimizda ko'rib turganimizdan xursandmiz", - deydi Pintu.
Eslatib o'tamiz, "bo'rilar" o'zbekistonlik futbolchi uchun "Jenoa"ga 17,5 mln evro to'lashdi.
Havola :
Manba : football-italia.net
Fikrlar