21 mar 09:30
Yangiliklar
Futbol

“Roma” prezidenti: “Biz Tottiga 6 yillik shartnoma taklif qilyapmiz”
Rimning “Roma” klubi prezidenti Jeyms Pallottaning aytishicha, jamoa rahbariyati hujumchi Franchesko Tottiga 6 yillik shartnoma tayyorlayapti.
Aniqrog'i, 40 yoshli futbolchiga “Roma” direktorligi lavozimi taklif qilinyapti. Amaldagi shartnoma shu yilning so'nggida yakunlanadi.
“Hozircha Tottining futboldagi kelgusi faoliyati haqida suhbatlashmadik. Lekin biz unga klub direktori lavzomi uchun 6 yillik shartnoma taklif qildik”, - deydi Pallotta La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar