02 avg 08:57
Yangiliklar

"Roma" so'nggi turda "Yuventus"ni mag'lub etdi, Perottidan dubl
Uchrashuvda bir necha asosiy futbolchilarisiz harakat qilgan "Yuventus" rimliklarga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Roma" mavsumni g'alaba bilan, "Keksa sinora" esa mag'lubiyat bilan tugatadigan bo'ldi. Lekin "Yuventus" muxlislarini muddatidan avval erishilgan chempionlik bilan muborakbod etamiz!
Yuventus – Roma 1:3
"Alyanc Stedium"
Gollar: 1:0 – 5 Iguain, 1:1 – 23 Kalinich, 1:2 – 44, penalti Perotti, 1:3 – 52 Perotti.
Yuventus – SHensni (Pinsolo, 72), Bonuchchi (Demiral, 51), Rugani, Danilo, Frabotta, Matyuidi, Rabo (Remzi, 51), Zanimakya, Muratore, Bernardeski (Oliveri, 72), Iguain (Vrioni, 79).
Roma – Fuzato, Zappakosta, Smolling, Rojer (Jezus, 56), Kalafori (Bruno Peres, 60), Zanolo (Under, 56), Vilyar, Perotti (Klyuyvert, 73), Kristante (Santon, 56), Fasio, Kalinich.
Ogohlantirishlar: Rugani (21), Smolling (40), Perotti (45), Kristante (54).
Fikrlar