03 sen 20:33
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/83685_220.jpg)
"Roma"ning yangi o'yinchisi jarohati sabab bir oyga safdan chiqdi
Italiyaning "Roma" klubi himoyachisi Davide Zappakosta 3-4 haftaga safdan chiqdi.
27 yoshli o'yinchi "Lacio"ga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotlar paytida jarohat olgan. Zappakosta aslida "CHelsi" futbolchisi hisoblanadi. U Rim klubida ijara asosida o'ynamoqda.
Zappakosta futbolchilik faoliyati davomida "Roma"dan tashqari, "Isola Liri", "Atalanta", "Avellino", "CHelsi", "Atalanta" va "Torino" klublarida o'ynagan. Futbolchi 2016 yildan buyon Italiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Havola :
Fikrlar