05 noy 07:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/48078_220.jpg)
Romanolining 97-daqiqada urgan goli "Milan"ga g'alaba keltirdi
Uchrashuvning 97-daqiqasida Allesio Romanoli tomonidan kiritilgan gol "Milan"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Bu orqali “rossonerilar” A Seriyada 16 o'yindan beri o'z darvozasini daxlsiz saqlay olmaslik ananasiga barham berishdi.
Klub 16 o'yindan beri o'z darvozasidan gol o'tkazib kelayotgan edi. So'nggi bor milanliklar 15 aprel sanasida “Napoli”ga qarshi bahsda 0:0 hisobida durang o'ynab, o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishgandi.
Udineze – Milan 0:1 (0:0, 0:1)
"Friuli" stadioni
Gol: 0:1 – 90 Romanoli.
Udineze – Musso, Larsen, Opoku, Trost-Ekong, ter Avest (Nyuytink, 84), de Paul (D'Alessandro, 90), Pussetto (Balich, 84), Fofana, Mandragora, Samir, Lazanya.
Milan – Donnarumma, Rodriges, Abate, Sapata, Romanoli, Laksalt (Borini, 73), Kessie, Bakayoko, Suso, Iguain (Kastilexo, 35), Kutrone.
Ogohlantirishlar: Samir (28), Kessie (48), Trost-Ekong (64), Sapata (68), Pussetto (70), Romanoli (90).
CHetlatish: Nyuytink (90).
Fikrlar