17 mar 07:06
Yangiliklar
Futbol

Ronaldinoni qamoqdan chiqarish uchun 1,6 mln evro ham kamlik qildi
O'tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo'lgan Ronaldinoning advokatlari uning jazosini qamoqdan uy qamog'iga o'zgartirishning yo'llarini ko'rib chiqmoqda.
"UOL" xabariga ko'ra, Ronaldino va uning akasini qamoqdan uy qamog'iga olib o'tish uchun advokatlar 1,6 mln evro taklif qilishgan. Biroq bunga sud rad javobini bergan.
Ayni damda Ronaldino va uning akasi soxta hujjatlar bilan ushlangani uchun Paragvaydagi qamoqxonada bo'lib turibdi. Ronaldino esa qamoq turnirida 5 gol va 6 assistentlik qayd etib, g'oliblikka erishdi.
Havola :
Fikrlar