27 dek 10:38
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu - A Ceriyada “gol+pas” tizimida peshqadam!
“Yuventus” A Ceriyaning 18-turida safarda “Atalanta” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Uchrashuvda Turin klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 78-daqiqada gol urdi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Bu uning A Ceriyadagi 12-goli bo'ldi.
Ayni paytda Ronaldu “gol+pas” tizimida 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ronalduning ortidan “Sampdoriya” hujumchisi Fabio Kualyarella kelmoqda — 16 ochko (11 ta gol, 5 ta golli uzatma).
Havola :
Fikrlar