05 iyu 15:30
Yangiliklar
Futbol
"Ronaldu - eng yaxshisi, De Xea - ikkinchi. Qolganlar esa sharmanda qildi"
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Pol Merson "Manchester Yunayted"ning ushbu mavsumdagi ishtiroki haqida gapirdi.
"SHak-shubxasiz eng yaxshisi Ronaldu. Ikkinchisi esa de Xea. Krishtianuning darajasiga eng yaqin kelgan aynan David bo'ladi. U ko'plab zarbalarni qaytardi. Agarda men murabbiy bo'lib borsam ham uni jamoada olib qolgan bo'lardim. Menimcha De Xea ushbu mavsum o'z darajasini ko'rsata oldi.
Ammo jamoadagi boshqa biror futbolchini ajratib ko'rsatish qiyin. Ushbu mavsum qolgan barcha futbolchilar jamoani sharmanda qildi. Fred va Maktomini mavsumni biroz barqaror o'tkaza oldi. Biroq ular ham besh balli shkalada katta baho ololmaydi", - dedi Merson.
Havola :
Fikrlar