13 mar 08:43
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu Turinga qaytmaydi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyada qoladigan bo'ldi.
"VeIN Sports" telekanali jurnalisti Tankredi Palmerining so'zlariga ko'ra, Ronaldu Turin klubi bilan bog'lanib Portugaliyada qolishini malum qilgan. Bunga sabab jamoa himoyachisi Daniele Ruganida koronavirus alomatlari aniqlangani tufayli "keksa sinora" azolari uchun karantin holati elon qilingani hisoblanadi.
Avvalroq Ronaldu insultga uchragan onasini ziyorat qilish uchun Madeyraga tashrif buyurgandi.
Xabaringiz bor, "Yuventus"ning ECHL nimchorak final bosqichi doirasidagi "Lion"ga qarshi javob o'yini qoldirilgan bo'lsa, Italiya A Seriyasida uchrashuvlar to'xtatildi.
Havola :
Fikrlar