06 avg 19:02
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu "Yuve"da argentinalik futbolchini ko'rmoqchi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar rahbariyatiga "Inter" forvardi Mauro Ikardini taklif qildi.
Portugaliyalik futbolchi Ikardini hujumdagi ideal sherik sifatida ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchiga "Napoli" klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Ikardi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 5ta assistga erishgan.
Mauroning "Inter" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar