20 apr 14:50
Yangiliklar

Roppa-rosa 11 yil avval shu kuni Safina dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan
Rossiyalik sobiq tennis malikasi Dinara Safina uchun bugungi sana o'ziga xos ahamiyatga ega hisoblanadi.
Dinara bundan roppa-rosa 11 yil avval, aniqrog'i 2009 yilning 20 aprel sanasida dunyoning birinchi raketkasiga aylangan edi. Safina 26 hafta davomida reyting peshqadami bo'lib turgan. U Mariya SHarapovadan keyin dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan ikkinchi rossiyalik hisoblanadi.
Malumot uchun, Dinara Safina Pekin-2008 Olimpiadasining yakkalik bahslarida kumush medal sohibasi, juftlikda US Open-2007 chempioni bo'lgan. SHuningdek, 12 ta WTA turnirlari g'olibasiga aylangan. Uning akasi Marat Safin ham katta tennisda mashhurlikka erishgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar