20 iyu 01:21
Yangiliklar

Rossiya Misrni mag'lub etdi, CHerishev to'purarlar poygasida Ronalduga etib oldi
O'yinning birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsada, ikkinchi bo'limda muxlislar naqd to'rtta golga guvoh bo'lishdi. CHerchesov shogirdlari 15 daqiqa ichida ketma-ket uchta gol kiritib, amalda uchrashuv taqdirini hal qilishdi.
Misrliklarning yagona goli Muhammad Saloh hisobiga yozildi. U 73-daqiqada o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan penaltini golga aylantirib, JCHdagi gollari hisobini ochdi.
Ushbu g'alabadan keyin Rossiya terma jamoasi olti ochko jamg'arib, guruhda peshqadamlik qilmoqda va mundial ishtirokchilari orasida birinchi bo'lib, keyingi bosqich yo'llanmasini muddatidan oldin hal etdi.
JCH-2018. A guruhi
Rossiya – Misr 3:1
Gollar: 1:0 – 47, avtogol Fatxi, 2:0 – 59 CHerishev, 3:0 – 62 Dzyuba, 3:1 – 73, penalti Salax.
Rossiya – Akinfeev, Ignashevich, Kutepov, Fernandes, Jirkov (Kudryashov, 86), Gazinskiy, Zobnin, Golovin, Samedov, CHerishev (Kuzyaev, 74), Dzyuba (Smolov, 79).
Misr – El-SHenavi, Gabr, Abdel-SHafi, Fatxi, Xegazi, El-Nenni (Uarda, 64), Hamid Al-Said, Trezege (Sobxi, 68), Muhsin (Qahraba, 82), Saloh.
Ogohlantirishalar: Trezege (57), Smolov (84).
Fikrlar