17 dek 20:44
Yangiliklar
Rossiya Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlaridan chetlatildi
Avvaliga WADA Rossiyani 4 yilga chetlatgandi. Ammo CAS jazoni 2 yilga qisqartirdi. Jazo bugundan boshlab kuchga kiradi va 2022 yilning 16 dekabriga qadar davom etadi.
Rossiyalik sportchilar ikki yil davomida yirik musobaqalar - jahon chempionati va Olimpiya o'yinlarida neytral bayroq ostida qatnashishadi. Bu muddat ichida Rossiya xech qanday xalqaro musobaqalarni o'tkaza olmaydi.
Ushbu taqiq faqat jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlariga tegishli. Futboldagi Evro-2020 o'yinlari va CHempionlar ligasi bahslariga taaluqli emas.
Rossiya 2022 yili Qatarda o'tkaziladigan jahon chempionatida ham qatnashmaydi.
Rossiya WADAga (Butunjaxon antidoping agentligi) tekshiruvlar davomida ketgan chiqimlarni qoplash uchun 1,27 million dollar to'lashi lozim bo'ladi.
Fikrlar