15 mar 19:14
Yangiliklar
Boshqalar
Rossiya Tokio-2020 va Pekin-2022 o'yinlarida Katyushadan madhiya o'rnida foydalana olmaydi
CAS Oliy sport arbitraj sudi Rossiyaning Katyusha qo'shig'ini Tokio va Pekin olimpiya o'yinlarida mamlakat gimni o'rnida foydalanishi haqidagi davosini qanoatlantirmadi.
CAS tushuntirishicha, madhiyadan foydalanish taqiqi Rossiya bilan bog'liq barcha qo'shiqlarga, shu jumladan «Katyusha»ga ham tegishlidir. Olimpiya o'yinlarida rossiyalik sportchilar qaysi musiqa yangrashi ostida mukofotlanishi lozimligi to'g'risida qarorni Halqaro olimpiya qo'mitasi chiqaradi. Eslatib o'tamiz, CASning avvalgi qaroriga ko'ra, rossiyaliklar 2022 yil 16 dekabrga qadar Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlarida o'z bayrog'i va madhiyasi ostida ishtirok etishdan mahrum etilganlar.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar