26 dek 07:31
Yangiliklar
Futbol

Rossiyada ikki soxta murabbiy 1 milliard rublni "uxlatishdi"
Moskvada futbol maktablarini boshqargan firibgarlarni hibsga olishdi.
Gap shundaki, 33 va 40 yoshli ikki inson to'rtta futbol maktabi ochishgandi. Ular esa davlat ro'yxatidan o'tmagan.
2018 yilning boshida yopilib ketgan maktabda shug'ullanadigan bolalarning ota-onalari bu haqida bilmagan va 700 nafar ota-ona maktabga bir yillik to'lovni amalga oshirib qo'ygan.
Natijada 1 milliard rubldan oshiqroq pulni yuqoridagi ikki inson bo'lishib olgan va egalariga qaytarmagan. Gumonlanuvchilarga "Qalloblik" ishi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan.
Havola :
Fikrlar