26 fev 10:50
Yangiliklar
Tennis
Rossiyaga navbatdagi sankciya! Barcha ITF turnirlari bekor qilindi
Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) Rossiyaning Ukrainaga urush elon qilgani yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
"Bizning asosiy maqsadimiz tennischilarning xavfsizligini taminlash hisoblanadi. Nafaqat tennischilar, balki turnirga aloqador barchaning xavfsizligi biz uchun barchasidan muhim. SHundan kelib chiqib, ITF ham Rossiya, ham Ukrainadagi barcha ITF World Tennis Tour M15 turnirlarini bekor qildi. Vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz va shunga qarab o'z qarorimizga o'zgartirish kiritamiz", - deyiladi ITF rasmiy bayonotida.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar