So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

24 dek 15:17
Yangiliklar

Xokkey

Rossiyaliklar "Humo arena" bo'yicha shikoyat qilishdi

Teglar :  KXLHumo Arena
22 dekabr kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida xokkey bo'yicha KXL doirasidagi "Dinamo" Minsk va "Spartak" Moskva jamoalari o'rtasidagi o'yin o'tkazilgandi.

O'yindan oldin va keyin rossiyalik bir qator blogerlar, bundan tashqari, "Spartak" murabbiyi Aleksey Jamnov "Humo arena"dagi yoritish tizimi sifati past ekanidan shikoyat qildi.

Dastlab, bloger Dmitriy Erikalov o'z kanalida shunday yozib qoldirdi:

"Ertalab Jamnov "Spartak" mashg'ulotlarini qorong'ida o'tkazganidan shikoyat qilgandi. Kechga borib, yorug'lik kuchaytirildi, ammo televizor tasviridan ko'rinib turibdiki, u KXL standartlariga mos kelmaydi. Ammo SHveycariya kabi Evropa mamlakatlari uchun bunday yorug'lik yaxshi. Biz shunchaki xafa bo'ldik".

("Humo arena"dagi o'yin)


Murabbiy Aleksey Jamnov esa o'yindan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

"Arenadagi yorug'likka kelsak, biroz qiyin bo'ldi. Hatto biz, murabbiylarning ham ko'zlari charchab qolgan edi. Muzning sifatiga kelsak, biz Rossiya bo'ylab sayohat qilamiz: qaerdadir muz yaxshiroq, qaerdadir yomonroq. Sifat hamma joyda deyarli bir xil".


(Moskvada tashkil etilgan KXL o'yinidan parcha).


Bu vaziyatga "Humo" media bo'limi rahbari Aleksandr Malishev munosabat bildirdi:

"Haqiqatan ham burchaklarda chiroqlarning aniq etishmasligi muammosi mavjud. Muammo anchadan buyon bor. Slovakiyadan kelgan kompaniya Toshkentda chiroqlarni o'rnatishda muz maydoni o'lchamlarini o'tkazib yuborgan degan qarash mavjud. O'zbekiston xokkey federaciyasi vaqti-vaqti bilan slovaklarni chaqirib turadi, ular ham aylanib yurishadi, lekin natijani ko'rib turibsiz. "Humo" KXLga chiqsa, bu muammoni hal qilish kerak", deydi Malishev.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing