26 iyu 11:22
Yangiliklar
Futbol

"Rostov" "Arsenal"ga qarshi o'yinda asosiy tarkib bilan o'ynaydi
"Rostov" RPL 24-turi doirasida "Arsenal" (Tula) bilan uy uchrashuvida asosiy tarkib bilan maydonga tushadi.
Ertaga bo'ladigan o'yinda koronavirus uchun testlari salbiy natija bergan futbolchilar o'ynashadi. Bu haqda "Match TV" xabar bermoqda.
Oldinroq, "Rostov"ning olti o'yinchisi koronavirusga chalingani sabab "Sochi" (1:10)ga qarshi o'yinda 2001-2004 yillarda tug'ilgan futbolchilar jamoasi o'ynagan edi.
Ayni damda "Rostov"ning asosiy tarkibi reglament bo'yicha ikki haftalik karantinda bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, RPL doirasidagi "Rostov" - "Arsenal" o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : matchtv.ru
Fikrlar