29 okt 07:37
Yangiliklar
“Rostov” chempion bilan durang o'ynadi, SHomurodov zaxiradan maydonga tushdi
“Rostov” ushbu turda o'z maydonida amaldagi mamlakat chempioni – “Spartak” bilan jangovar durangga erishdi. Maydon egalari 87-daqiqada Vilyushning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.
Hamyurtimiz Eldor SHomurodov ushbu bahsning 75-daqiqasida Ustinov o'rniga maydonga tushdi.
Rossiya chempionati. 15- tur
Rostov – Spartak 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 20 Ionov, 1:1 – 31 Fernando, 1:2 – 34 Glushakov, 2:2 – 87 Vilyush.
Rostov – Pesyakov, Ingason, Vilyush, Ustinov (ELDOR SHOMURODOV, 75), Makeev, Dumbiya (Bayramyan, 63), Gackan, Maer, Ionov (Kireev, 90), Parshivlyuk, Buxarov.
Spartak – Selixov, Jikiya, Tashchi, Petkovich, Kombarov, Glushakov, Fernando, Popov, Bakaev, Promes, Luis Adriano (Melgarexo, 46).
Ogohlantirishlar: Tashchi (65), Buxarov (76).
Fikrlar