14 noy 16:47
Yangiliklar
Futbol

"Rostov" muhim futbolchilaridan birini transferga qo'yishga qaror qildi
"Rostov" himoyachisi Dmitriy CHistyakov qishki transferlar oynasida jamoadan ketishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, rostovliklar yaxshi taklif kelib tushsa, futbolchini qo'yib yuborishga qaror qilishgan. "Rostov" 25 yoshli himoyachining sotuvidan 4,5 million evro ishlab olmoqchi. CHistyakovga hozirda "Zenit" klubi qiziqish bildirmoqda.
Aynan u peterburgliklarning himoya chizig'ini kuchaytirishi mumkin bo'lgan eng yaxshi variant sifatida ko'rilmoqda. CHistyakov "Rostov"ga yozda "Tambov"dan o'tgan edi. U joriy mavsum 16 ta o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Fikrlar