23 avg 08:39
Yangiliklar
Futbol

"Rostov"da SHomurodovga yangi raqobatchi paydo bo'ldi
Rossiya premer-ligasi rasmiy sayti "Rostov" klubi hujumchi Dmitriy Polozni 99-raqam bilan ro'yxatdan o'tkazganini tasdiqladi.
Poloz o'tgan mavsumni "Sochi" safida o'tkazib, 24 o'yinda 5 ta gol urgandi. Avvalroq "Rostov" Polozning o'rniga Ivelin Popovni taklif qilgani va "rokirovka" amalga oshishi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, Poloz "Rostov"ga begona emas. U donliklar tarkibida 2012-2017 yillarda o'ynagan va "Zenit" tarkibiga o'tib ketgan edi. Ham hujum markazida, ham qanotlarda o'ynay oladigan Dmitriyning "Rostov" safiga qo'shilishi so'nggi paytlarda mahsuldorligini yo'qotgan Eldor SHomurodov uchun yangi chaqiriq bo'ladi degan umiddamiz.
Havola :
Fikrlar