20 iyu 11:02
Yangiliklar
Futbol

"Rostov"dan antirekord!
Rossiya Premer-Ligasi 23-turi doirasida "Sochi" "Rostov"ni yirik hisobda mag'lub etdi (10:1).
Bu musobaqa tarixidagi eng yirik g'alabaga aylandi. Mos ravishda RPL tarixida eng yirik mag'lubiyat endi "Rostov"ga tegishli.
Bunga qadar mazkur rekord "Zenit"ga tegishli edi. Sankt-Peterburgliklar tarixda "Luch-Energiya" (5 oktyabr 2008 yil) va "Torpedo" (9 avgust 2014 yil) klublarini 8:1 hisobida mag'lub eta olgan.
Eslatib o'tamiz, RPL 2002 yilda tashkil etilgan. Rossiya chempionatlari tarixidagi eng yirik hisob 2000 yilning 3 noyabrida "Lokomotiv" - "Ural" (9:0) uchrashuvida qayd etilgan edi.
Havola :
Fikrlar