12 apr 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Roy Jons Kanelo - Bivol jangida kim g'olib bo'lishini aytdi
Sobiq jahon chempioni Roy Jons, Dmitriy Bivol va Saul Alvares o'rtasidagi bo'lajak jang haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
Roy Jonsning fikricha, bokschilar turli uslublarda jang qilishadi.
"Bizni ajoyib jang kutmoqda. Hozircha xech kimga muxlislik qilmayman... Hammasi jang qanday o'tishiga bog'liq. Uzoq masofada bo'lsa, Bivol tomonda bo'laman. Agarda yaqin masofadagi boksni ko'radigan bo'lsak, men Kaneloni tanlayman. Kim o'zining eng yaxshi jangini ko'rsatsa o'sha g'alabaga erishadi", — dedi Jons Youtube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Bivol - Kanelo jangi 7 may kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar