So’nggi yangiliklar

19:58Самбо. Осиё-Океания чемпионатининг иккинчи кунида ёшларимиздан 10 та медаль 0 17:59Таэквондо терма жамоамиз "Kazakhstan Open" халқаро турнирини кучли учликда якунлади 0 17:24Радулович "Пахтакор"да иш бошлади 0 16:56Уимблдон турнирининг асосий тўр баҳсларига қуръа ташланди 0 16:30Нурсултон Рўзибоев UFC'да навбатдаги синов олдида: Андрей Пуляевга қарши жанг нимаси билан аҳамиятли? (мутолаа учун) 0 15:58Моунтинбайкчиларимиз Бўстонлиқдаги Осиё чемпионатида 3 та медални қўлга киритишди 0 15:18Осиё мамлакати ассоциацияси ФИФА аъзолигидан чиқарилди 0 14:43UFC Fight Night 280. Нурсултон Рўзибоев рус рақиби билан бир хил вазн қайд этди (Тўлиқ натижалар) 0 14:12Ислам Махачев - Йен Гэрри жангини ким суғурталаши маълум 0 13:44Гэтжи ESPY томонидан "Йил жангчиси" мукофотига номзод сифатида қўйилди 0 13:13Аёллар терма жамоамиз Билли Жин Кинг кубогидаги иштирокини ўтган йилги натижасини яхшилаган ҳолда якунлади 0 12:30Топурия навбатдаги жангини қачон ўтказиши айтилди 0 11:48"Реал" Нико Пасни қайта сотиб олади 0 11:00Нодирбек Абдусатторов "Ченнай Гранд Мастерс" турнирида қатнашади 0 10:15Андрей Пуляев бўлажак жанг олдидан Нурсултон Рўзибоевни мақтаб қўйди 0

24 apr 06:58
Yangiliklar

Futbol

Ro'ziqul Berdiev "Al Sadd" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Sadd" (3:1) uchrashuvidan so'ng Ro'ziqul Berdiev va Akmal Mozgovoy o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ro'ziqul Berdiev: "Barchaga hayrli kech! Bugun o'yinni yaxshi tashkil qildik. Raqibning kuchli taraflarini ham yopishga harakat qildik. Futbolchilarimiz buning uddasidan chiqishdi. Ikkinchi bo'limda hujumda yaxshi o'ynadik. Bu erga kelishimizdan maqsadimiz anchagina jiddiy edi. O'ylaymanki, buni o'yinlarimiz bilan ko'rsatyapmiz.

Kecha ham aytgandim, hujumni yakunlashda faqat hujumchilar emas, boshqa futbolchilar ham qo'shilishi kerak, deb. Bu narsa amalda bugun isbotini topdi. Bu ruhiyat bilan bog'liq masala. O'ylaymanki, ushbu o'yindan so'ng barchasi yanada yaxshi bo'ladi". 

Akmal Mozgovoy: "Bugun yaxshi jamoani yutdik deb o'ylayman. Biz yaxshi o'yin tashkil qila oldik. Murabbiyning barcha ko'rsatmalarini bajardik. Kelasi o'yin ham chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz".

Savol: Akmal, siz haqiqiy tayanch yarim himoyachisi hisoblanasiz. Lekin faqat bugunmas, avvalgi o'yinlardam ham shunday epizodlar bo'ldiki, sizda ko'p yaxshi imkoniyatlar bo'lyapti, bugun ham ikkita gol urdingiz. Bu narsalar murabbiy ko'rsatmasimi?

Akmal Mozgovoy: "Murabbiyimiz ham aytadi, ko'p holatlarda kimdir oldinga borsa, kimda orqada qolish kerak, deb. Vaziyatga qarab o'ynaymiz. Ayrim holatlarda o'zim chiqyapman".

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing