So’nggi yangiliklar

01:30Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистонда 13 та медаль, шулардан тўрттаси олтин! (барча натижалар битта саҳифада) 0 23:51Ислам Махачев Pound-For-Pound UFC рейтинги пешқадами! 0 23:30ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ БААга 90+17-дақиқада гол уриб, қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди! 0 23:09Ўзбекистон спорт делегациясида яна биттадан олтин ва бронза медаль! 0 22:48Қиличбозларимиз Ўзбекистон делегацияси ғазнасига яна 4 та медаль қўшиб қўйишди 0 21:14Ўзбекистон спорт делегациясида навбатдаги олтин медаль + ФОТО 0 20:42Яна икки курашчимиз терма жамоамизга VI Ислом бирдамлиги ўйинлари медалини тақдим этди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:17Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди 0 19:56Алишер Ғаниев Ўзбекистон делегациясига олтин медаль тақдим этди 0 19:41Нодирбек Якуббоев Жаҳон кубоги 1/2 финалида! 0 17:24"Ўз ишинг билан машғул бўл". Махачевнинг менежери Илия Топурияга мурожаат қилди 0 17:03Онадан сўккан мураббий клубдан ҳайдалди 0 16:42Қиличбозларимиз Ислом бирдамлиги ўйинларида медаллар учун курашишмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 15:46Фабио Уордли учун мажбурий даъвогар эълон қилинди 0 15:24Камару Усман: "Махачев билан жанг мени қўрқитяпти" 0

13 fev 13:21
Yangiliklar

Futbol

Ro'ziqul Berdiev: "Klub rahbariyati olib borayotgan siyosatni tushunmayapman"

"Nasaf" jamoasi qator etakchilaridan ayrilishda davom etayotgani tufayli saytimiz muxbiri "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievdan asl vaziyatni bilish maqsadida intervyu oldi.

Bilasiz, "Nasaf" o'tgan mavsumda tarixda uchinchi marotaba chempionatning kumush medallariga ega chiqib, OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Biroq klub tomonidan noto'g'ri olib borilgan ishlari natijasida OFK licenziyalashidan o'tolmagan jamoa yo'llanmadan mosuvo bo'ldi. SHuningdek, Superliganing eng yosh jamoasi bo'lgan "Nasaf" o'tgan mavsumni yarmidan ko'pini qarzdorliklar bo'lishiga qaramasdan muvaffaqiyatli o'tkazdi. Bunda albatta jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning hissasi katta. Lekin o'tgan mavsum ajoyib shakllangan jamoadan hozirgacha Islom Kenjaboev, SHarof Muhitdinov ketishga ulgurdi. Jamoa to'purari va yana bir etakchisi Bobir Abdixoliqov esa shartnomasini haligacha uzaytirgani yo'q va uning ham ketish ehtimoli yuqori.

SHu vaziyatlarni hisobga olib jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga murojaat qilganimizda "Nasaf" ustozi chinakamiga yorildi.

"Nima ham derdim? Jamoa etakchilari ketishda davom etmoqda. Ochig'i, klub rahbariyati tomonidan olib borilayotgan siyosatni tushunmayapman. Tushunarsiz bo'lmoqda. O'tgan yili ajoyib tarzda shakllangan jamoa yana parchalanmoqda. Hozirgacha qolgan futbolchilar bilan ham kelishuvlar uzaytirilmagan. Men uchun aynan shu jihat tushunarsiz bo'lmoqda. Kecha SHarof kelib, bu rahbariyat bilan ortiqcha ishlolmasligi aytib, jamoa bilan xayrlashib ketdi. Masalan, jamoadan erkin agent sifatida tekinga ketayotgan futbolchilar bilan muzokara o'tkazib, ular istayotgan talablarni qondirilganida, balki hozir klub ularni transfer qilish orqali yaxshigina pul ishlab olarmidi?

SHarof Muhitdinov garchi shartnomasi tugagan bo'lsada muzokaralar o'tkazishni 2 oy kutib charchadi va oxiri ketdi. Klub rahbariyati tomonidan tashkiliy masalalarda ham tushunarsiz ishlar bo'lmoqda. O'tgan yilgi mehnatlarimiz havoga sovurilayotgandek. SHaxsan men uchun OCHLga munosib bo'lib, xalqaro musobaqadan quruq qolish juda alamli bo'ldi. Bu kimning aybi? Jamoaning yil davomida qilgan mehnatlari chippakka chiqdi. SHundoq ham futbolchilar maoshsiz va mukofot pullarisiz shunday natijaga erishishdi. Yakunda ham ularni rag'batlantirish bo'lmadi.

O'tgan yili "SHabab Al Ahli"ga transfer qilingan Aziz G'anievning pullari klubning "qora kuni"ga ishlatilishi aytilgandi. Biz Aziz G'anievning transferidan tushgan pullar jamoaga as qotganini ko'rmadik. Vadalar quruq vadaligicha qolib ketdi.  Meni taqdirim? Klub men bilan ham shartnomani uzaytirmagan va men jamoaga bo'lgan sadoqatim tufayli hozircha imkon qadar "Nasaf"ni shug'ullantirib, mavsumga taraddud ko'rib turibman. Biroq bunday mavhumlik jonga tegdi. Qaytadan shakllantirilgan jamoa yana parchalanishini ko'rish og'riqli. O'tgan yilgi jamoaga 1-2 tajribali futbolchilarni qo'shganimizda bemalol chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylanardik. Hozir esa bori ham tarqalmoqda. Men ham sehrgar emasman. "Nasaf" ko'p ming sonli muxlislarga ega qadriyatlari bor jamoa. "Nasaf" doim barqaror va yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa bo'lib kelgan. Bunday holat jamoaga aslo yarashmaydi. Agarda vaziyat yaxshi tomonga o'nglanmasa va yanada qiyinchiliklar hamda tushunarsiz ishlar davom etadigan bo'lsa, balki men ham murabbiylik faoliyatimda tanaffus olishni o'ylab ko'raman. Boshqa chora qolmayapti. Lekin umid qilamanki, vaziyat bungacha bormaydi. "Nasaf" jamoasiga bo'lgan sadoqatim va qarshilik muxlislar hurmati uchun klub rahbariyatining ko'plab tushunarsiz ishlarga sabr qilib kelyapman", - deya gapirib o'tdi Ro'ziqul Berdiev.


Yaqinda klub menejeri Sergey Kucherenko video-murojaat qilib, klub atrofidagi gap-so'zlarga chek qo'yish maqsadida, jamoaga yangi mavsum pul ajratilganini takidlagandi. Biroq, ko'rinishidan, klub rahbariyati futbolchilar shartnomasi bo'yicha muzokaralarni boshlamagan va etakchilar "Nasaf"ni tark etishda davom etmoqda.

Etiborli tarafi, "Nasaf" hali ham jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va murabbiylar shtabi bilan ham yangi mavsum uchun shartnoma uzaytirmagan.

O'tgan yilgi tarkibdan hozirgacha Islom Kenjaboev, Mashhurbek Muhammadjonov va SHarof Muhitdinov jamoani tark etdi. Marko Stanoevich esa garchi jamoa bilan shug'ullanib yurgan bo'lsada shartnoma uzaytirilmagan. SHuningdek, jamoa to'purari va etakchisi Bobir Abdoxoliqov ham hozircha erkin agent sanaladi. Klub rahbariyati tomonidan esa yangi mavsum uchun selekciya ishlari deyarli olib borilmayapti. CHempionat boshlanishiga bir oydan kam vaqt qolgan bir paytda jamoaga birorta yangi futbolchi olib kelingani yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing