15 mar 11:14
Yangiliklar
Futbol
RPL tarixida ilk bor uchrashuvda 6 o'zgarish amalga oshirildi
Rossiya chempionati 21-turida “Rostov” safarda “Rubin”ni mag'lub etib, autsayderlar qatoridan uzoqlashgan holda 12-o'ringa ko'tarildi.
O'yinning 81-daqiqasiga kelib “sariq-ko'klar” ustozi Valeriy Karpin besh o'zgarishni amalga oshirib bo'lgandi. Biroq, keyin Igor Kalinin raqib himoyachisi bilan to'qnashuvi oqibatida boshidan jarohat oldi. “Rostov” qo'shimcha zaxira imkoniyatidan foylanishiga to'g'ri keldi.
Reglamentga ko'ra, futbolchi boshidan jarohat olsa, jamoaga oltinchi o'zgarishni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Rossiya futbol ittifoqi mazkur qoidani bir yil oldin joriy qilgan.
SHunday qilib, “Rostov” RPL tarixida o'yin davomida olti zaxira imkoniyatidan foydalangan ilk klubga aylandi.
Havola :
Fikrlar