18 may 18:09
Yangiliklar
Futbol

"Rubin" futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Rubin" himoyachisi Konstantin Plievning koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy chiqdi.
Bu haqda Qozon klubining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayni paytda 23 yoshli futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda va u apreldan beri izolyaciyada bo'lgan Vladikavkazda shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi. Qayd etish kerakki, futbolchi jamoadagi sheriklari bilan aloqa qilmagan.
"Konstantinga tez orada tuzalishini tilaymiz", - deyiladi "Rubin" xabarida.
Oldinroq, Tatariston rahbariyati mashg'ulotlar uchun cheklovlarni olib tashlagan va bu orqali "Rubin" bazaga qaytish imkoniyatiga ega bo'lgan edi. Konstantin Pliev joriy mavsum RPLda 12 ta o'yinda maydonga tushgan.
Havola :
Fikrlar