21 avg 14:02
Yangiliklar
Tennis
Rublyov Cincinnati "Masters" 1/2 finalida
AQSHning Cincinatti shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov Western & Southern Open turnirining yarim final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennischi 1 daqiqasi kam 2 soat davom etgan chorak finalda reytingning roppa-rosa 50-pog'onasidan joy olib turgan franciyalik Benua Perni 6/2, 3/6, 6/3 hisoblarida mag'lub etdi.
Bahs davomida 23 yoshli Rublyov 13 ta, 32 yashar Per esa 9 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarnnig o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar