02 noy 09:49
Yangiliklar
Tennis
Rublyov mavsumdagi beshinchi sovrinini Venada qo'lga kiritdi
Avstriyaning Vena shahrida tennis bo'yicha ATR turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lib turgan Andrey Rublyov reytingning 42-pog'onasidan joy olgan italiyalik Lorenco Sonegoga qarshi kortga chiqdi va ikki set ham bir xil hisobda g'alaba qozondi - 6/4, 6/4.
Rossiyalik 23 yoshli tennischi 1 soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda 6 ta, 25 yashar Sonego esa 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
SHu tariqa, Andrey Rublyov mavsumdagi beshinchi, faoliyatidagi ettinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Erste Bank Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Rublyovga 105,240 evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar