18 apr 07:47
Yangiliklar
Tennis
Rublyov Monte-Karlo "Masters" finalida
Monako Knyazligining Monte-Karlo shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Andrey Rublyov muvaffaqiyatli odimini davom ettiryapti. Rossiyalik tennischi yarim final uchrashuvida reytingning 27-pog'onasidan joy olgan norvegiyalik Kasper Ruudni 6/3, 7/5 hisoblarida mag'lub etdi.
Sakson daqiqa davom etgan bahsda 23 yoshli Rublyov ham, 22 yashar Ruud ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Andrey o'zaro uchrashuvlardagi hisobni yiriklashtirdi - 5:0. Bugun Rublyov Rolex Monte-Carlo Masters bosh sovrini uchun bahsda greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar