24 apr 20:41
Yangiliklar
Rublyov Novak Jokovichni o'z uyidagi turnir finalida mag'lub etdi
Biroz avval turnirning final uchrashuvi yakunlandi. Bosh sovrin uchun kechgan bahsda sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich ATR reytingida 8-o'rinni egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan uchrashuvda chempionlik taqdiri uch set natijasiga ko'ra hal bo'ldi. Birinchi setda Rublyov raqibiga 2 ta geymni boy berib, 6/2 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi setda esa tennischilar tay-brekka murojaat qilishdi. Lotereyada omad mezbon tennischiga kulib boqdi - 7/6 (7/4).
Hal qiluvchi uchinchi setda Andrey Novakka o'zining birorta geymini yutqazmadi va aksincha, raqibining 3 ta geymini yutib oldi - 6/0. Rublyov jahonning birinchi raketkasini o'z uyidagi turnirda mag'lub etib, faoliyatidagi 11-unvonini qo'lga kiritdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob esa tenglashdi – 1:1. Serbia Open chempionligi uchun Rublyov 250 reyting ochkosi va 81 310 evro mukofot puliga ega bo'ladi. Jokovich esa 150 ochko va 47 430 evro oladi.
Fikrlar