12 iyu 19:07
Yangiliklar
Tennis
Rublyov Timni mag'lub etib, aynan u tashkil etgan turnir g'olibi bo'ldi
Avstriyaning Kitcbyuel shahrida tennis bo'yicha ko'rgazmali turnir yakuniga etdi.
Thiem's 7 turniri dunyoning uchinchi raketkasi Dominik Tim tomonidan tashkil etilgan bo'lib, qizig'i, avstriyalik tennischi finalda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Ketma-ket to'rtta uchrashuvda g'alaba qozongan Tim hal qiluvchi finalda reytingning 14-pog'onasidan joy olgan rossiyalik Andrey Rublyovga 2/6, 7/5, tay-brekda 8/10 hisobida yutqazib qo'ydi. Uchinchi o'rin ispaniyalik Roberto Bautista-Agutdan ustun kelgan italiyalik Matteo Berrettiniga nasib etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar