13 mar 09:34
Yangiliklar
Tennis
Rublyov va Karacev Dohada tengsiz bo'lishdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha o'tkazilayotgan ATP turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Musobaqaning juftliklar bahsida g'oliblar aniqlandi. Hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik tennischilar - Andrey Rublyov va Aslan Karacev avstraliyalik Markus Deniell hamda avstriyalik Filipp Osvaldni 7/5, 6/4 hisoblarida mag'lub etib, bosh sovrin sohibiga aylanishdi.
Tennischilar kortda 1 soatu 21 daqiqa harakat qilishgan. Qatardagi muvaffaqiyatli ishtirok Rublyov va Karacevga 250 reyting ochkosi hamda 38,470 dollar mukofot puli keltirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar