18 jan 12:00
Yangiliklar
Xokkey
Rudniyda "Humo"ni "eb" qo'yishdi + FOTO
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston chempionatida 2025 yildan o'rin olgan ilk safar uchrashuvini o'tkazdi.
"Qanotlilar" Rudniy shahrida turnir jadvalidagi qo'shnilari "Gornyak" klubi mehmoni bo'lishdi. Oltita shayba kiritilgan o'yinda "Gornyak" yirik 5:1 hisobida g'alaba qozonib, "Humo" bilan o'rtadagi ochko farqini qisqartirdi. Jamoamiz 33 ta o'yindan 45 ochko jamg'argan holda 4-o'rinda qoldi. Beshinchi pog'onadagi "Gornyak" 35 uchrashuvda 42 ochko to'plab, 5-pog'onadan joy olgan.
Jamoalar shu kungacha 23 marotaba to'qnash kelgan, ularning 11 tasida "Humo", 12 tasida "Gornyak" vakillari zafar quchgan. Kechagi o'yindan keyin "Gornyak" g'alabalari soni bo'yicha bittaga o'tib ketdi. Bugun jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin bo'lib o'tadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar