04 sen 21:25
Yangiliklar
Futbol

Runi rekord haqida o'ylamayapti, unga g'alaba kerak
Bugun Ueyn Runi Angliya terma jamoasi safida ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha Devid Bekxemdan o'tib ketishi mumkin.
Hozircha ikkala futbolchi hisobida 115 ta o'yin bor. Lekin, MYU futbolchisi rekord haqida emas, terma jamoasining g'alabasi haqida o'ylamoqda.
“O'z terma jamoang sharafini himoya qilish haqiqiy sharaf. SHu sababli ham terma jamoada ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha ikkinchi raqamli futbolchiga aylanib olish ajoyib ish bo'ladi.
Lekin, men bu haqida emas, faqat jamoamning g'alabasi haqida o'ylayapman. To'g'ri, vaqti kelib bu natijam haqida albatta eslayman. Biroq, ayni paytda men uchun jamoamning g'alabalari muhim”, - deydi Runi.
Eslatib o'tamiz, bu borada rekord 125ta o'yinda maydonga tushgan darvozabon Piter SHiltonga tegishli.
Havola :
Fikrlar