22 avg 17:29
Yangiliklar
Tennis
Rus derbisida Rublyov ilk bor Medvedevni mag'lub etdi
AQSHning Cincinatti shahri mezbonligida o'tayotgan tennis bo'yicha "Masters" turniri bugun yakuniga etadi.
Western & Southern Open turnirining yarim finalida rossiyalik ikki tennischi - Andrey Rublyov va Daniil Medvedev o'zaro to'qnash kelishdi. ATP reytingida 7-pog'onadan joy olgan 23 yoshli Rublyov dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lgan 25 yoshli Medvedevni 2/6, 6/3, 6/3 hisoblarida mag'lub etdi.
Andrey o'zaro uchrashuvlarda ilk bor nomdor raqibini mag'lubiyatga uchrata oldi. Bungacha o'tkazilgan barcha beshta uchrashuvda Medvedevning qo'li baland kelgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar